26 декабря 2020

Минус Benom Guruhi - Dard

Текст (слова) песни Benom Guruhi - Dard:

Размер текста:

Baxt, yana qanday baxt izlaysan,
Dard, yana qancha dard berasan menga?
Yurak sendan voz kecholmas nega?

Baxt, yana qanday baxt istaysan,
Ayt, yana nimalar qilay senga?
Yuragimni cho`g` qilay, ko`rgin,
Qanchalar seni sevar edim.

Bilasanmi, sen ketgan kundan
Hayotim butkul o`zgargan,
Hammasini qayta, yangi sahifadan boshlayabman,
Xuddi endigina yurishni o`rganayotgan go`dak kabi.

Men ham sensizlikka sekin-asta ko`nikayabman.
Qayta-qayta sen bilan o`tkazgan baxtli kunlarimizni eslab,
Yuragimni alamli bir savol qiynamoqda?

Nahotki sen o`shanda baxtli emasding?
Nahotki sen o`shanda meni sevmagansan?
Shunchalar osonmidi mendan voz kechishing?
Shunchalik tez hayotingni tark etdimmi?
Bir marta ham holim so’ramading, nega?

Baxt, yana qanday baxt izlaysan,
Dard, yana qancha dard berasan menga?
Yurak sendan voz kecholmas nega?

Baxt, yana qanday baxt istaysan,
Ayt, yana nimalar qilay senga?
Yuragimni cho`g` qilay, ko`rgin,
Qanchalar seni sevar edim.

Hayotim, borlig`im, yuragim, borimni atadim senga,
Bu bedorli tunlarim, sevganim nahotki yetmadi,
Yana senga ne kerak, aytgin menga?
Ushbu savollar tinmay qalbim qiynar.
Dardda yonar, umidlarim birma-bir so`nib borar.

Nahotki qadrsiz sevganim, qalbimni berganim?
Nahotki manzilsiz endi ko`zlaringdan kutganim?
Asraydi baxtimni, sevgimni,
Nahotki endi bularning foydasi yo`q, endi yo`q.

Baxt, yana qanday baxt xohlaysan,
Ayt, yana nimalar qilay senga?
Yuragim sendan voz kecholmas, (savollarim javobsiz)
Aytgin nega?

Baxt, yana qanday baxt izlaysan,
Dard, yana qancha dard berasan menga?
Yurak sendan voz kecholmas nega? (voz kecholmas)

Baxt, yana qanday baxt istaysan,
Ayt, yana nimalar qilay senga?
Yuragimni cho`g` qilay, ko`rgin,
Qanchalar seni sevar edim.

Bilarmisan, qanchalar og`ir
Sensizlik dardini tinimsiz his etish?
Qayerdan ham bilarding,
Axir, sen sensiz yashamading-ku!

Hattoki qadah tutsang ham, to`ldirib zahar,
Ichib qo`ydim, senga baxt tilab…



Смотри ещё:


Ваш комментарий:

Регистрация